Ana səhifə

O'zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublikata’lim markazi


Yüklə 0.92 Mb.
səhifə5/7
tarix02.05.2016
ölçüsü0.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Amaliy topshiriq javoblarini baholash mezoni



Baholash mezoni

Ball

1.

O'quvchi tomonidan topshiriqni bajarishda ilmiy xatoliklarga yoi qo‘yilmagan.Topshiriqning yechilish shartlari ko‘rsatilib aniq va to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa.

5

2.

0‘quvchi tomonidan topshiriqni bajarishda 1 ta va undan ortiq ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Topshiriqningyechilish shart- larida 1 ta dan ortiq xatoliklarga yo‘l qo‘yib bajarilgan bo’lsa.

4

3.

O’quvchi tomonidan topshiriqni bajarishda 2 ta va undan ortiq ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yi!gan. Topshiriqning yechi­lish shartlari ko‘rsatilmasdan javobi to‘g‘ridan to‘g’ri yozib qo’yilgan bo‘lsa.

л

3

4.

O’quvchi tomonidan topshiriqni bajarishda 3 ta va undan ortiq ilmiy xatoliklarga yo‘l qo’yilgan. Topshiriqning yechi­lish shartlari ko’rsatilmasdan javobi to‘g‘ridan to’g'ri yozib qo'yilgan bo’lsa.

2

5.

O’quvchi topshiriqni bajarishga urungan ammo mutlaqo xato bajargan bo’lsa.

1

Izoh.

Amaliy topshiriqlarini bajarish uchun zarur o‘quv

jihozlan


(0‘zbekiston Respublikasining tabiiy, iqtisodiy va siyosiy xaritalari, dun- yoning tabiiy va siyosiy xaritalari, globus, 6, 7, 8-sinf o'quv atlaslari va boshqa inateriallar) o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yiladi.

1-BILET

  1. 0‘zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari haqida ga- piring. Xaritadan Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l tekisligi, Qizilqum cho‘li, Ustyurt platosi, Surxondaryo vodiysini ko‘rsating.

  2. Quyidagi geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ayting (yoqilg‘i-energetika balansi, aglomeratsiya)

Jizzax viloyati maydoni 21,2 ming km2, aholisi 1.01.2012 yil holati bo‘yicha 1 mln 205 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, viloyat aholisining o‘rtacha zichligini toping.BILET

  1. 0‘zbekiston Respublikasining yengil sanoati haqida gapiring. 0‘zbekiston Respublikasining iqti­sodiy xaritasidan to‘qimachilik kor- xonalari joylashgan 5 ta shaharni ko‘rsating.

  2. Qurilish materiallari va bi- nokorlik sanoati haqida gapiring. Se- ment zavodlari joylashgan shaharlar- ni xaritada ko‘rsating.

  3. Xaritada А, В, C, D harflar bi­lan Afrika materigining qaysi iqlim mintaqalari ko‘rsatillgan?

  1. BILET

  1. 0‘zbekiston Respublikasi aholisining jinsiy va milliy tarkibi haqida gapiring. O'zbekistondagi 5 ta eng yirik shaharlarni xaritadan koisating.

  2. Quyidagi geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ayting: GES, kooperatsiya, boyitish fabrikasi.

  3. Masshtabi 1: 4 000 000 xaritada daryo uzunligi 4 sm ga teng bo‘lsa, daryoning haqiqiy uzunligi necha kmga teng?

  1. BILET

  1. O'zbekiston aholisi, uning joylashuvi va milliy tarkibi haqida gapiring.

  2. Andijon viloyati sanoati haqida gapiring. Xaritadan mashina- sozlik korxonalari joylashgan shaharlarni ko'rsating.

  3. 0‘zbekistonda aholining yillik tabiiy o‘sish darajasi 472 ming kishini tashkil etib, tug‘ilganlar soni 609 ming kishini tashkil etsa, oiganlar sonini aniqlang.

  1. BILET

  1. Yoqilg'i sanoati haqida gapiring. Xaritadan neft hamda gazni qayta ishlash zavodlari joylashgan shahar va shaharchalami ko’rsating.

  2. Quyidagi geografik atamalarning mazmunini ayting: migratsi- ya, urbanizatsiya, aholining tabiiy o‘sishi.

  3. Yillik yog'in miqdori 400 mm, bugianish 2000 mm ga teng bo‘lsa, namlik koeffitsentini aniqlang.




  1. BILET

  1. Oziq-ovqat sanoati haqida gapiring. Tarmoq korxonalarini joy- lashtirishda qanday omillar hisobga olinadi?

  2. Buxoro - Navoiy iqtisodiy rayonining xo‘jaligi va uni hudu- diy tashkil etilishi haqida gapiring. Metallurgiya va yoqilg‘i sanoati markazlarini xaritadan ko‘rsating.

  3. Andijon viloyati maydoni 4,2 ming km2, aholisi 1.01.2012 yil holati bo‘yicha 2 mln 600 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, aholi zichligini toping.

  1. BILET

  1. Toshkent va Farg‘ona iqtisodiy rayonlariga qivosiy tavsif bering.

  2. 0‘zbekistonning rekreatsiya va turizm resurslari haqida ga­piring. Mamlakatimizda qanday davolanish va dam olish maskan- lari mavjud? Ular joylashgan shahar va shaharchalarni xaritadan ko‘rsating.

  3. Toshkent V-soat mintaqasida joylashgan, Seul shahri esa IX- soat mintaqasida. Toshkentda soat 13.00 bo‘lganda, Seulda soat ne­cha bo‘ladi?

  1. BILET

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jaligi haqida gapiring. Xaritadan Nukus, To‘rtko‘1, Qo‘ng‘irot, Taxiatosh va Mo‘ynoq sha- harlarini ko‘rsating.

  2. Navoiy viloyati xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini ayting. Vilo- yat tabiiy sharoiti va resurslari xo'jaligiga qanday ta’sir ko'rsatadi?

  3. Havo harorati +30°C ga teng. 1 m3 havoda namlik miqdori 15 g. Nisbiy namlikni aniqlang.

  1. BILET

  1. Mashinasozlik majmuasining tarmoqlarini sanab bering. Xa­ritadan 0‘zbekistondagi avtomobil zavodlari joylashgan shaharlarni ko‘rsating.

  2. Surxondaryo iqtisodiy rayonining xo‘jaligi va uni hududiy tash­kil etilishi haqida gapiring. Viloyat agroiqlimiy resurslari xo‘jaligining ixtisoslashuviga ko‘rsatgan ta’sirini tushuntiring.

  3. Yanvar oyining o‘rtacha harorati -6°C, iyul oyining o‘rtacha harorati +18°C bo'lsa, havo haroratining yillik amplitudasi necha gradusga teng bo‘ladi?

  1. BILET

  1. 0‘zbekiston Respublikasi qaysi iqtisodiy rayonlariga bo’linadi? Ularning hududiy tarkibi haqida gapiring.

  2. Farg'ona viloyati sanoatining asosiy tarmoqlari qaysilar? Vilo- yatda qanday sanoat tugunlari bor? Ularni xaritada ko‘rsating.

  3. Agar Boltiq dengizining 3 litr suvida 36 gramm tuz mavjud bo'lsa, dengiz suvining sho‘rligi necha g/litr (promille)ga teng?

  1. BILET

  1. 0‘zbekiston Respublikasi eksport va importining Tovar tarkibi haqida gapiring.

  2. Qashqadaiyo viloyati xo’jaligining asosiy tarmoqlari haqida gapiring.

Xaritadan viloyatning yoqilg'i sanoati markazlarini ko‘rsating.

  1. Dengiz tubiga exolotjo’natgan ovoz to'lqini 6 sekundda borib kelgan boMsa, uning chuqurligi necha metrga teng bo‘ladi?

  1. BILET

  1. 0‘zbekiston Respublikasining avtomobilsozlk sanoati va uning istiqbollari haqida gapiring. Xaritadan avtomobil ishlab chiqaradigan shaharlarni ko‘rsating

  2. Quyidagi geografik atamalarning lug‘aviy ma'nosini ayting: emigratsiya, immigratsiya, ishlab chiqarishning markazlashuvi.

  3. O'zbekiston Respublikasi maydoni 448,9 ming km2, aholisi 1.01.2013 yil holati bo’yicha 30 mln kishini tashkil etgan bo’lsa, aholi zichligini toping.

  1. BILET

  1. Qumqlik transporti haqida gapiring. Xaritadan “Toshg’uzor- Boysun-Oumqo’rg‘on” temir yo‘lini ko'rsating, uning iqtisodiy aha- miyatini tushuntiring.

  2. Xorazm viloyati xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering.

  3. Agar joy planida siz yashaydigan 1 km uzunlikdagi ko‘cha 10 sm bilan ifodalangan boisa, ushbu planning masshtabini aniqlang.

  1. BILET

  1. 0‘zbekiston Respublikasida dehqonchilikning qaysi tarmoqla­ri yaxshi rivojlangan. Xaritadan sholichilik rivojlangan hududlarni ko‘rsating.

  2. Sirdaryo viloyati xalq xo‘jaligida qaysi tarmoqlar yetakchilik qiladi? Xaritadan Sirdaryo IES joylashgan shaharni ko‘rsating.

  3. Agar tog‘ etagida barometr 740 mm ni, tog‘ tepasida esa 440 mm ni ko‘rsatsa, tog‘ning o‘rtacha balandligini aniqlang.

  1. BILET

  1. 0‘zbekiston elektroenergetikasi haqida gapiring. Respublika- mizning yirik IES (issiqlik elektr stansiya) lari joylashgan shaharlarni xaritadan ko‘rsating.

  2. 0‘zbekistonda chorvachilikning qaysi tarmoqlari rivojlangan? Chorvachilikning hududiy xususiyatlariga tabiiy sharoiti qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  3. Berilgan statistik maiumotlarga asoslanib, Samarqand va Sur- xodaryo viloyatlari aholisining zichligini aniqlang.

  1. Samarqand viloyati maydoni 16,8 ming kv.km, aholisi - 3 mln 3b5 ming.k.

  2. Surxodaryo viloyati maydoni 20,1 ming kv.km, aholisi - 2 mln 260 ming.k.

  1. BILET

  1. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif bering. Xaritadan rayon shaharlarini ko‘rsating.

  2. Quyidagi geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ayting: sa- noat tuguni, hududiy ishlab chiqarish majmuasi.

  3. 0‘zbekiston iqtisodiy-geografik rayonlarini xaritadan ko'rsating.

  1. BILET

  1. 0‘zbekiston Respublikasining ko‘mir sanoati va milliy iqtisodi- yotda ko‘mirdan qanday maqsadlarda foydalanilishi haqida gapiring. Xaritadan Angren, Sharg‘un, Boysun ko‘mir konlarini ko‘rsating.

  2. Buxoro viloyatining sanoati haqida gapiring. Xaritadan viloyat- ning neftni qayta ishlash zavodi joylashgan shaharni ko‘rsating.

  3. Toshkent shahri (V-soat mintaqasi) da ertalab soat 630 bo‘l- ganda, Tokio shahri (X-soat mintaqasi) da soat necha bo‘ladi?

  1. BILET

  1. Mehnat resurslari tushunchasini izohlab bering. 0‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotda band aholining xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi haqida aytib bering.

  2. Surxondaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi va sanoati haqida gapiring. Xaritadan Termiz, Denov, Qumqo'rg'on, Sherobod va Boy- sun shaharlarini ko'rsating.

  3. Tog‘ etagida havo harorati +25°C boiganda, 3500 metr baland­likdagi tog' cho'qqisida havo harorati necha gradusga teng boiadi?

19-BILET

  1. Samarqand viloyati xo‘jaligining ixtisoslashuvi haqida gapiring. Xaritadan Samarqand, Kattaqo'rg'on, Urgut shaharlarini ko‘rsating.

  2. Quyidagi geografik atamalarning mazmunini tushuntiring: ta­biiy sharoit, tabiiy resurslar, agroiqlimiy resurslar.

  3. Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra bir sutka davomida ob-havo qu- yidagicha o'zgargan bo'lsa, sutka ichidagi o’rtacha haroratni aniq­lang. - 8°C, -10°C , -12°C, -16°C, +20°C, +40°C, -4°C, -6°C.

  1. BILET

  1. O'zbekiston Respublikasining tabiiy geografik o‘mi, chegara- lari, maydoni va tabiatining o'ziga xos xususiyatlari haqida gapiring. Qo'shni mamlakatlar bilan chegaralarni xaritadan ko'rsating.

  2. Rangli metallurgiya sanoati haqida gapiring. Quyida berilgan- lardan og'ir va yengil metallarni ajratib ayting. (Titan, aluminiy, mis, qalayi, magniy, oltin, platina, volfram, rux, qoig'oshin, nikel, ku- mush, molibden, uran, germaniy).

  3. Samarqand iqtisodiy rayonida respublika aholisining 11% yashaydi. Bu rayonga respublikada ekilgan mevali daraxtlarning 15% i to‘g'ri keladi. Ushbu mahsulot rayonning ixtisoslashgan tarmog'i bo‘la oladimi? Javobingizni asoslab bering.

  1. BILET

  1. Kimyo sanoati haqida gapiring. Kimyo sanoatiga xomashyo sifatida ishlatiladigan foydali qazilmalarni aytib bering.

  2. Namangan viloyati xo'jaligining asosiy tarmoqlari haqida ga­piring. Xaritadan Namangan, Chust, Kosonsoy, Chortoq, Uchqo‘rgon shaharlarini ko'rsating.

  3. Tabiiy resurlaming guruhlarga bo‘linishini chizmada aks ettiring.

22-BILET

  1. Iqtisodiy-geografik o‘rin tushunchsini izohlab bering. Respub- likamizning IGO‘ ni qanday tavsiflash mumkin?




  1. Toshkent iqtisodiy rayoni sanoatining asosiy tarmoqlari haqida gapiring. Iqtisodiy rayonning rangli va qora metallurgiya korxonalari joylashgan shaharlarini xaritadan ko‘rsating.

  2. Samolyot 3 km balandlikda uchib bormoqda. Yer yuzasida ha- rorat +20°C bo'lsa, samolyot uchib borayotgan balandlikdagi haro- ratni aniqlang.

  1. BILET

  1. Milliy iqtisodiyotimiz tarkibida qanday tarmoqlar mavjud. Ularni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlariga ajrating. Xaritadan 0‘zbekiston metallurgiya sanoatining yirik markazlarini ko'rsating.

  2. Quyidagi geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ayting: GES lar kaskadi. rekreatsiya, rayon ixtisoslashuvi.

  3. Havo harorati +10°C bo‘lganda, nisbiy namlik 60% ga teng bo‘lsa, havodagi namlik miqdorini toping?

  1. BILET

  1. Toshkent iqtisodiy rayonining geografik o’rni va aholisi haqida gapiring.

  2. Aholiga xizmat ko'rsatish sohalariga qanday tarmoqlar ki- radi? 0‘zbekistondagi eng yirik sayyohlik markazlarini xaritadan ko‘rsating.

Quyidagi rasmlarda qanday relyef shakllari (tepalik yoki botiq) ko‘rsatilgan? Javoblaringizni asoslang.







25-BILET

  1. 0‘zbekiston shaharlari (Xiva, Andijon, Termiz) haqida gapiring va ushbu shaharlarni xaritadan ko‘rsating.

  2. Quyidagi reja asosida mamlakatimizdan oqib o‘tuvchi Amudar- yoga tavsif bering. (Javobingizni xaritadan ko‘rsatib gapiring)

a) daryo qayerdan boshlanadi b) uzunligi; c) irmoqlari; d) qaysi havzaga quyiladi? e) xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.


  1. Mamlakatga ko'chib kelganlar soni 250 ming kishi, ketganlar soni esa 280 ming kishiga teng. Migratsiya saldosini hisoblang.

  1. BILET

  1. 0‘zbekistonda qora va rangli metallurgiyaning rivojlanishi haqida gapiring. Ushbu tarmoqlarning yirik markazlarini xaritadan ko‘rsating.

  2. Iqtisodiy rayonlarning ixtisoslashuvi deganda nimani tushunish lozim va bu jarayonga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  3. Qo'qondan Beruniy shahrigacha boigan 1200 km li maso- fa birinchi xaritada 24 sm ga, huddi shu masofa ikkinchi xaritada 15 sm ga teng boisa, xaritalarning masshtabini aniqlang. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri yirik?

  1. BILET

  1. Oziq-ovqat sanoati tarkibiga qanday tarmoqlar kiradi? Ularning joylashuviga qanday omillar ta’sir ko'rsatadi?

  2. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatlariga qiyosiy geografik tavsif bering. Ushbu hududlaming o‘zaro farqlarini keltirib chiqargan tabiiy omillar nima? Hududlar va ularning markaz­larini xaritadan ko‘rsating.

  3. Yillik yog'in miqdori 300 mm, bugianish 1000 mm ga teng bo’lsa, namlik koeffitsentini aniqlang.

  1. BILET

  1. Kimyo sanoati korxonalarini joylashtirishda qanday omillar hi­sobga olinadi? Respublikamizdagi yirik kimyo korxonalari joylash­gan shaharlarni xaritadan ko‘rsating.

  2. Farg'ona iqtisodiy rayoniga quyidagi reja asosida ta’rif bering.

a) geografik o’mi; b) aholisi; c) qishloq xo^jaligining asosiy tar­moqlari; d) sanoatining asosiy tarmoqlari; e) shaharlari.

  1. Agar joy planida 700 m uzunlikdagi ko'cha 7 sm bilan ifodalan- gan boisa, ushbu planning masshtabini aniqlang.

  1. BILET

  1. Avtomobilsozlik sanoati haqida gapiring. O'zbekistonda qay­si rusmdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda? Avtomobilsozlik markazlarini xaritadan ko'rsating.

  2. Mirzachoi iqtisodiy rayoniga quyidagi reja asosida ta’rif be­ring.

a) geografik o‘mi; b) aholisi; c) qishloq xo‘jaligining asosiy tar­moqlari; d) sanoatining asosiy tarmoqlari; e) shaharlari.

  1. 5000 m balandlikka ko'tarilgan alpinistlaming barometri 250 mm simob ustunini ko‘rsatgan bo‘lsa, shu vaqtda tog‘ etagidagi havo bosimi qanchaga teng bo‘ladi?
1   2   3   4   5   6   7


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©anasahife.org 2016
rəhbərliyinə müraciət